Автомобили Узбекистана-GM Uzbekistan, цены на авто, автосалоны, новости авто, автокредитования , автошколы Ташкента, авторынок Сергели, avto uz Online.

2 Январь 2016
 Январь 2, 2016
Oʻzbekistonda 1 martdan boshlab yangi yoʻl qoidalari kuchga kiradi.
Категория: Новости авто

Yangi hujjatga koʻra avtobus, mototsikl va mopedlar kunduz kuni ham chiroqlarini yoqib harakatlanishi kerak boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi 2016 yil 1 martdan boshlab yoʻl harakati qoidalariga oʻzgarishlar kiritadi. Bu haqda Gazeta.uz xabar bermoqda.

Nashrda yozilishicha, informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va yoʻllarda avtotransport soni koʻpayishi munosobati bilan yoʻl harakati qoidalariga bunday oʻzgarishlar kiritish zarurati tugʻilgan.

Yangi qonunlarga koʻra, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Mahkamasi, viloyat va Toshkent shahar hokimiyatlari aholi mahalliy yoʻllarda, mustaqil ravishda ruxsat berilgan tezlik chegarasini oʻrnatish huquqiga ega boʻladilar, agar tezlik 70 km/soatdan yuqori boʻlsa.

Aholi yashash hududlarida, uylar va uning atrofidagi yoʻllarda tezlik 30 kilometrdan oshmasligi kerakligi ham taʼkidlangan.

YHQning yangi nashrida videoregistrator va navigartorlar ishlatish haqida ham aytib oʻtilgan. Faqat transport vositasining old qismiga oʻratilgan videoregistratorlar va navigatorlar haydovchining yoʻl vaziyatini nazorat qilishga xalal bermasligi kerak va harakai vaqtida videokoʻrstauvlar tomosha qilish taʼqiqlanadi.

Undan tashqari, bundan buyon haydovchi yoʻlovchilarni harakat boshlanishi dan oldin xavfsizlik kamarini taqish haqida ogohlantirishi kerak.

Yana bir yangilik: avtoubslar, yoʻnalishli transport vositalari, mototsikllar va mopedlar kunduz kuni ham yoritish chiroqlarini yoqib harakatlanishi kerak.

Gazeta xabariga koʻra, YHning yangi qoidalari bir oy ichida rasman maʼlum qilinishi kerak.
Sputnik Oʻzbekiston

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *