Автомобили Узбекистана-GM Uzbekistan, цены на авто, автосалоны, новости авто, автокредитования , автошколы Ташкента, авторынок Сергели, avto uz Online.

7 Март 2016
 Март 7, 2016
KIA Motors Tashkent avto narxlari

O‘zbekiston o‘z avtomobilsozlik sohasiga ega mamlakatlardan biri. Mamlakatimizda har yili minglab yengil avtomobillar, yuk mashinalari va avtobuslar ishlab chiqarilmoqda. Avtotransport vositalariga bo‘lgan talab esa kundan-kun o‘sib bormoqda.

Kimdir ko‘pdan beri xorijiy lyuks avtomobilni boshqarish orzusida yurgan bo‘lishi mumkin, yana birovning esa o‘z tadbirkorlik subyekti yoki fermer xo‘jaligi uchun mos yuk tashuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi maxsus avtomobilga ehtiyoji bor. Xamyonbop oilaviy universal avtomobillar (wagon’lar) esa, baxtga qarshi, hozircha O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgani yo‘q. Shunday vaqtda xorij avtomobillari bilan savdo qiluvchi avtosalonlarga murojaat qilish zarurati tug‘iladi.

Evergreen Motors (KIA)

Evergreen Motors

Foto: Evergreen Motors

Janubiy Koreyaning ilg‘or avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblangan Kia Motors’ning O‘zbekistondagi rasmiy dileri Evergreen Motors kompaniyasi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ushbu kompaniya O‘zbekistondagi xaridorlar uchun Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan Kia Cerato, Kia Optima, Kia Cadenza, Kia Quoris sedanlari, Kia Rio, Kia Picanto xetchbeklari hamda Kia Sportage, Kia Sorento yo‘ltanlamaslarini taklif qilmoqda.

 

Foto: Evergreen Motors

Odatda xaridor o‘ziga ma’qul avtomobilni Evergreen Motors’ning Toshkentdagi avtosalonidan topa oladi va o‘z mashinasini 1—7 kun ichida olib ketishi mumkin. Avtomobillar narxiga kelsak, bu uning yetkazib berish qiymatini ham o‘z ichiga olgan summa va bojxona to‘lovlariga qarab o‘zgaradi. Masalan, xaridorgir Kia Optima’ning narxi modifikatsiyasiga qarab 26 600 dollardan 28 400 dollargacha, bojxona to‘lovlari esa 78,7 million so‘mdan 81,6 million so‘mgacha farqlanadi.

Avtoban Group (“UAZ” va Chevrolet Niva)

Chevrolet Niva

Foto: Avtoban Group

Agar ov qilish yoki baliq tutish, tabiat qo‘ynida dam olish, bir so‘z bilan aytganda — yo‘lsiz joylarda vaqt o‘tkazishni xush ko‘rsangiz, mos avtomobil egasiga aylanishda Avtoban Group Sizga eng yaxshi ko‘makchi bo‘ladi. Mazkur kompaniya Chevrolet Niva ixcham yo‘ltanlamaslari hamda afsonaviy “UAZ” avtomobillarini O‘zbekistondagi dileri hisoblanadi. Ayniqsa, “UAZ” borasida tanlov juda keng — yangi “UAZ Patriot”, “UAZ Pikap” va “UAZ Xanter”dan tashqari, eng yangi “UAZ Kargo” pikapi, fermerlar yordamchisi — “UAZ Fermer” (“UAZ-39094”), yo‘lovchi, yuk, non va boshqa yuklarni tashishga ixtisoslashgan turli modifikatsiyadagi “UAZ”lar, xullas, xalq orasida “Buxanka” nomi tanilgan “UAZ”larning 20 ga yaqin ko‘rinishidan birini buyurtma qilish mumkin. Avtomobillarni xalqaro to‘lov kartalaridagi xorijiy valyuta hisobiga sotib olish mumkin, bundan tashqari, jismoniy shaxslarda pulni bir yil davomida bo‘lib to‘lash imkoni ham bor. Bu avtosalonda xaridor 4 soat ichida avtomobil egasiga aylanib, uyiga yangi Niva yoki “UAZ”da qaytadi.

Audi Center Tashkent

 

Audi Center TashkentFoto: “Gazeta.uz”

Jahonga mashhur avtoishlab chiqaruvchilardan biri, masalan, Audi tomonidan tayyorlangan avtomobilni sotib olish istagingiz bor. Buning uchun O‘zbekistondan tashqariga chiqish shart emas — Audi AG avtokonsernining rasmiy importchisi hisoblangan Audi Center Tashkent kompaniyasi didingiz ga mos Audi’ga buyurtma berib, istagingizdagi avtomobilni 60—90 kun ichida yetkazib beradi. Avtomobillarga ikki yillik kafolat beriladi (bu davr mobaynida avtomobil necha kilometr yo‘l bosgani ahamiyatsiz), Toshkentda xizmat ko‘rsatish markazi ham bor. Narx esa, har bir avtomobil individual ravishda yig‘ilgani sabab, buyurtmaga qarab o‘zgaradi. Agar xaridorga ma’qul avtomobil avtosalonning o‘zida mavjud bo‘lsa, pul 100 foiz hajmda to‘lanadi. Agar Audi AG’ga buyurtma berish kerak bo‘lsa, u holda dastlab avtomobil qiymatining 30 foizi oldindan to‘lanadi, avtomobil ishlab chiqarilib, yetkazib berishga tayyor bo‘lganidan so‘ng qolgan 70 foizi to‘lanadi.

Roodell kompaniyasi — “AvtoVAZ” (Rossiya) konsernining O‘zbekistondagi rasmiy importchisidir. Kompaniya “AvtoVAZ”ning barcha modellari — Kalina, Granta, Largus, Lada 4×4, Vesta, Xray’ni, uning “VIS Avto” va “Bronto” kabi shu’balari tomonidan tayyorlangan modellarni (Lada Granta va Lada 4×4 bazasidagi pikaplar, “Bronto”lar (uzunlashtirilgan “Niva”lar), shuningdek, yanada takomillashtirilgan Lada 4×4 (qadrdon “Niva”), “Ris” va botqoqdayurarlarni yetkazib beradi. Albatta, maxsus avtomobillar (deylik, o‘sha botqoqdayurarlar) bo‘yicha alohida kelishish kerak, biroq Lada Kalina, Lada Granta va Lada 4×4 kabi ommabop modellar Roodell avtosalonida har doim bor va xaridor avtomobil pulini to‘lab, uni haydab chiqib ketaveradi. To‘lov xalqaro to‘lov kartalari orqali amalga oshiriladi, chegirmalar bor, aksiyalar muntazam ravishda o‘tkazib turiladi. Qayd etish joiz, Lada Vesta savdolari yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

Premium Avto (BMW va Nissan)

BMW va Nissan’ning O‘zbekistondagi rasmiy vakili hisoblangan Premium Avto kompaniyasi mazkur brendlarning avtomobillariga buyurtma berish, sotib olish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatadi. BMW’lar individual buyurtma bo‘yicha tayyorlanadi, shuning uchun bu borada aniq bir narxni aytish qiyin. Nissan’lar narxi esa klass va modeliga qarab farqlanadi. BMW uchun pul yevroda, uning bojxona to‘lovlari esa so‘mda to‘lanadi, Nissan uchun esa naqd pulda to‘lov qabul qilinadi. Avtomobillar 60—90 kun ichida yetkazib beriladi va BMW’larga, qancha yo‘l bosishidan qat’iy nazar, ikki yilgacha, Nissan’larga ham ikki yilgacha (yoki 50 000 kilometr yo‘l bosgunicha) kafolat beriladi. Avtomobillarga biror kor-hol bo‘lsa, Toshkentda servis-markaz bor. Premium Avto orqali original ehtiyot qismlarga buyurtma berish ham mumkin.

Sardor-Avto Invest (ZAZ, LADA, “UAZ”, “GAZ”)

 

Sardor-Avto Invest (ZAZ, LADA, “UAZ”, “GAZ”)Foto: “MyCars.uz”

Masalan, Sizga ZAZ Forza juda ma’qul keldi va sotib olmoqchisiz. Unda Sardor-Avto Invest’ga marhamat (ha-ya, ZAZ’ning Forza’dan boshqa modellari ham bor — Vida sedani va xetchbeki, Sens furgoni). Yuk yoki yo‘lovchi tashiydigan “Gazel” kerakmi? Sardor-Avto Invest’ga marhamat! Bu yerda, shuningdek, Toyota, Hyundai, Mercedes-Benz mikroavtobuslarini ham topish mumkin va bu ham hali hammasi emas (masalan, Sardor-Avto Invest taklif qiladigan maxsus texnikalar haqida umuman indamadik). Avtomobillar uchun bojxona to‘lovlari to’liq avtosalon tomonidan amalga oshiriladi. Pul to‘lash usuli esa avtomobil markasi va modeliga qarab o‘zgaradi. Agar xaridorga kerakli mashina avtosalonda yo‘q bo‘lsa, uning qiymati oldindan 85 foiz to‘lanadi. Buyurtma qilingan avtomobil uzog‘i bilan 1,5 oyda xaridorga yetkazib beriladi.

Dongnam Uz Motors (Hyundai)

 

Dongnam Uz Motors (Hyundai)Foto: “Bibi.uz”

Hyundai Motors’ning O‘zbekistondagi rasmiy dileri hisoblangan Dongnam Uz Motors avtosaloni o‘z xaridorlariga Hyundai Accent, Elantra, i-40, Sonata, Tucson, Santafe, H-1 (Grand starex), Genesis va Eqqus modellarini taklif qilmoqda. Genesis va Eqqus avtomobillari buyurtma asosida (90—120 kun ichida) yetkazib beriladi, qolgan modellar Toshkendati avtosalonning o‘zida mavjud. Kompnaiya taklif qilayotgan eng arzon sedan — Accent’ning narxi 19 000 dollar, eng qimmat (Genesis va Eqqus’dan tashqari) — Sonata’ning narxi esa 45 000 dollardan boshlanadi. Hyundai egalari uchun maxsus servis-markaz va ehtiyot qismlar do‘koni ham faoliyat ko‘rsatadi.

xabar berdi

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *