Автомобили Узбекистана-GM Uzbekistan, цены на авто, автосалоны, новости авто, автокредитования , автошколы Ташкента, авторынок Сергели, avto uz Online.

22 Февраль 2016
 Февраль 22, 2016
Ravon Matiz Rossiyada fevral oyidagi eng arzon avtomobil bo‘ldi
Категория: Новости авто

Rossiyaning taniqli tahliliy agentliklari mahalliy avtobozorda 2016-yil fevralida taqdim etilgan eng arzon avtomobillar ro‘yxatini tuzdi.

Reytingda birinchi o‘rinni Ravon Matiz modeli egalladi. Uning eng oddiy variantini 314 ming rublga xarid qilish mumkin. Avtomobil 51 ot kuchiga teng 0,8 litrli motor bilan jihozlanadi.

Rossiyadagi eng arzon mashinalar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni Smily xetchbeki (319 900 rubl), uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni esa bir xil qiymatga ega Lifan Smily New va Lifan Celliya (364 900 rubl) band etdi. Yuqori o‘natilikdagi beshinchi o‘rin 389 900 rubllik Lada Granta sedaniga nasib etdi.

Reytingga, shuningdek, Lada Priora (389 ming rubl), Geely GC6 (389 ming rubl), Chery Bonus (389 900 rubl), FAW V5 (389 650 rubl), Renault Sandero (399 ming rubl) kirdi.

Habar berdi:

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *